Ilmiy sohada xalqaro tajriba almashinuvi

Ilmiy sohada xalqaro tajriba almashinuvi

  • 22.05.2025
  • 202
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)  ta’lim yo‘nalishi ikkinchi kurs talabalari uchun Tojikiston-Rossiya (Slavyan) universiteti filologiya fanlari doktori, dotsent Aminov Azim Sadikovich tomonidan rus tili tarixi fanidan mashg‘ulotlar olib borildi.  Mashg‘ulotlarda zamonaviy va interaktiv metodlardan foydalanildi. 

 

Mazkur darslar o‘zaro memorandum asosida tashkil etilgan bo‘lib, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, rus tilshunosligining tarixiy bosqichlari, fonetikasi, grammatikasi va leksikasidagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilishga xizmat qiladi.