Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash

Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash

  • 22.05.2025
  • 179
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning giyohvandlik vositalari hamda narkojinoyatlarga nisbatan ogohliklarini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. 

 

Davra suhbati davomida giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, jamiyat xavfsizligiga va kelajak avlod taqdiriga salbiy ta’siri haqida atroflicha fikr yuritildi. Psixotrop moddalarning zararli oqibatlarini yanada aniqroq tushuntirish maqsadida maxsus tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Ushbu rolik orqali yoshlar real hayotdagi misollar asosida narkotik moddalar ta’sirida inson hayotida yuz beradigan fojiali holatlar bilan tanishishdi.