“Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar"

2025 yilning 19-20-may kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalari Xotin-qizlarn masalalari boʻyicha rektor maslahatchilari uchun “Xotin-qizlar huquqi va xavfsizligi: Zamonaviy tahdidlar va yechimlar” mavzusida seminar- trening tashkil etildi.
Seminar doirasida ishtirokchilarga zamonaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga qarshi samarali choralar ko‘rish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Ayniqsa, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ekstremizm, axborot xurujlari kabi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan muhokamalar va tajriba almashinuvi ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdi.
Mazkur treningda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Norbosheva ham faol ishtirok etdi.