Talabalar teatr studiyalari ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari tantanali taqdirlandi!

Talabalar teatr studiyalari ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari tantanali taqdirlandi!

  • 20.05.2025
  • 249
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari yana bir yutuqqa erishdi. Universitetning “Iste'dodli talabalar” jamoasi “Talabalar teatr studiyalari” festivalining respublika bosqichida munosib ishtirok etib, yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi. 

 

Universitet talabalar studiyasi jamoasi “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

 

Shu munosabat bilan  universitetda tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar  ishtirok etishdi.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi —  Shahlo Qurbonova mazkur nominatsiya bo’yicha pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Marosim davomida g‘olib jamoa a’zolariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.