“Talabalar teatr studiyalari” finali yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Respublika miqyosida o‘tkazilgan ushbu festivalning 1-bosqichida 203 ta OTM ishtirok etib, shulardan 2-bosqichga 100 ta OTM jamoalari o'tdi. Festivalning final bosqichida 9 ta jamoa ishtirok etib, o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyon qilishdi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining talabalar teatr studiyasi jamoasi ham faol ishtirok etib, tomoshabinlar va hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Universitetning "Iste'dodli talabalar" teatr jamoasi “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.