“Barqaror rivojlanish maqsadlari” bo‘yicha o‘quv seminar

“Barqaror rivojlanish maqsadlari” bo‘yicha o‘quv seminar

  • 17.05.2025
  • 19
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Moliya va bank ishi yo‘nalishi talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun muhim ilmiy-amaliy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti professori, Nyu-York fanlar akademiyasi a’zosi, taniqli olim Baxtiyar Ro‘zmetov ishtirokida “Barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda ishtirokchilar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan 17 ta barqaror rivojlanish maqsadlarining mazmun-mohiyati, ularning global va milliy miqyosdagi ahamiyati, shuningdek, O‘zbekistonda ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

 

Professor Baxtiyar Ro‘zmetov o‘z ma’ruzasida atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.