15-may - Xalqaro oila kuni

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Unda tibbiyot, iqtisodiyot va pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetlari o'qituvchilari oila a'zolari bilan birgalikda 3 ta shart bo'yicha bellashishdi.
Natijalarga ko'ra:
- Erdonayevlar oilasi - eng ibratli oila;
- Saidovlar oilasi - eng iqtidorli oila;
- Bo'tayevlar oilasi - eng ijodkor oila;
- Ergashevlar oilasi - eng faol oila
nominatsiyalari bo'yicha g'olib deb topildi.
Ko'rik tanlovining yakunlari bo'yicha barcha g'olib oilalar munosib rag'batlantirilib, ularning mehnatlari e'tirof etildi.