Professor Dilshod Rajabov TISU talabalariga dars oʻtdi

Professor Dilshod Rajabov TISU talabalariga dars oʻtdi

  • 15.05.2025
  • 66
Blog Image

Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi ilmiy ma’ruza darsi tashkil etildi. Tadbir mehmoni sifatida universitetimizga Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Dilshod Rajabov tashrif buyurdi.


Professor Dilshod Rajabov “Adabiyot nazariyasi” fanidan talabalarga ma’ruza o'tdi. U o‘z nutqida adabiyotshunoslik fanining nazariy asoslari, adabiy jarayon, obraz va badiiy tafakkur kabi tushunchalarning mohiyati, ularning tarixiy taraqqiyoti hamda zamonaviy yondashuvlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

 

 Ma’ruza davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va professor Rajabov ularning har biriga ilmiy asoslangan javoblar berdi.