"Tig'" profilaktik tadbiri

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari tomonidan "Tig'" profilaktik tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot shaklida tushuntirish ishlari olib borildi. Ayniqsa, o‘quv muassasalariga tig‘li va boshqa xavfli vositalarni olib kelish mumkin emasligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirishlar berildi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish – amaldagi qonunchilikka muvofiq, ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Eslatib oʻtamiz, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni olib yurish – BHMning ikkidan bir qismidan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishdan tortib, 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Shuningdek, qonunda belgilangan boshqa holatlar ham mavjud.
Asos: OʻzR MJtKning 185-2-modda va 185-3-moddasi. (https://lex.uz/docs/97664)