Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati va huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori Azizbek Beknazarov ishtirokida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Katta inspektor Azizbek Beknazarov tomonidan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning jamiyat va shaxs hayotiga ta’siri, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga zamonaviy tahdidlar, ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlar ta’sirida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan tushunchalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar.