“Kitobsevar millat”

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida kitobxonlikka muhabbat uyg‘otish, yoshlar o‘rtasida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini targ‘ib qilish maqsadida qiziqarli savol-javob viktorinasi tashkil etildi.
Viktorina davomida ishtirokchilar:
➖mashhur yozuvchi va adiblarning hayoti;
➖ she’riy parchalar mualliflarini aniqlash;
➖ badiiy asarlardan keltirilgan iqtiboslarni topish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tadbir yakunida eng faol va bilimdon ishtirokchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.