G‘oliblar taqdirlandi!

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil o‘tkazib kelinayotgan 2025-yilgi uchinchi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z yakuniga yetdi.
Ikki kun davom etgan ushbu nufuzli tadbirda universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan 600 nafarga yaqin talabalar 16 ta sho‘ba bo‘yicha o‘z ilmiy izlanishlari va tadqiqotlari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyaning yakuniy taqdirlash marosimida eng yaxshi ma’ruzalar mualliflari sifatida 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari alohida e’tirof etildi. Universitet rahbariyati tomonidan ularning har biriga mos ravishda:
➖1-o‘rin uchun – 750 ming so‘m
➖2-o‘rin uchun – 500 ming so‘m
➖3-o‘rin uchun – 300 ming so‘m
miqdoridagi pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari, o‘z ma’ruzalari bilan konferensiyada faol qatnashgan yana 50 nafar talaba ham diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.