Ekotizim nigohida tabiat uchligi

Mazkur tadbir orqali talabalar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish va tabiatga zarar yetkazmaslik tamoyillarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Tadbir davomida “inson–tabiat–ekotizim” o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilib, tabiatni asrash orqali jamiyat salomatligi va barqaror rivojlanishga erishish mumkinligi ta’kidlandi.