TISU Istanbul universiteti bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

TISU Istanbul universiteti bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

  • 29.04.2025
  • 27
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Turkiyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Istanbul universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida muzokaralar olib bordi.

 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi. Xususan, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va tadqiqotlar, qo‘shma konferensiyalar, seminar va forumlar tashkil etish, magistratura va doktorantura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, turizm, servis, iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, hamda til o‘rganish sohalarida amaliy hamkorlik o‘rnatiladi. 

 

Bu tashabbus nafaqat TISU talabalari va o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, balki xalqaro maydonda universitetimiz nufuzini oshirishga xizmat qiladi.