Nijniy novgorod davlat lingvistik universiteti delegatsiyasi TISUda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijniy novgorod davlat lingvistik universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari universitetning Rus tili instituti direktori Kristina Golubeva, Sharqshunoslik markazi direktori, Xalqaro jurnalistika kafedrasi dosenti Eraj Boyev va Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassisi, o‘qituvchisi Natalya Gujovalar dastlab universitetimiz faoliyati bilan tanishdi.
Nijniy novgorod viloyati Xalqaro va hududlararo aloqalar vaziri Olga Gusevaning ta'kidlashicha, O‘zbekiston ko‘p yillar davomida Nijniy novgorod viloyatining muhim hamkori bo‘lib qolmoqda va u bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.
Tashrif davomida delegatsiya vakillari bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borildi.