Yangi tajribalar almashinuvi va mustahkam hamkorlik

Yangi tajribalar almashinuvi va mustahkam hamkorlik

  • 25.04.2025
  • 65
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi Jamshid Pardayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyadagi Istanbul Medipol universitetiga tashrifi chog‘ida ikki tomon o‘rtasida kelajakdagi hamkorlik va shartnomalar bo‘yicha muzokara olib borildi.

Xususan, Istanbul Medipol universiteti klinikasi rahbariyati bilan amalga oshirilgan uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida ta'lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda universitetlar o‘rtasidagi tajriba almashish va birgalikda yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan kelishuvlar haqida so‘z bordi. Kelgusida talabalar almashinuvi, ilmiy izlanishlar va tibbiy innovatsiyalar bo‘yicha bir qator yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirildi. Ushbu kelishuvlar, ayniqsa, tibbiy ta'lim va klinik tadqiqotlar sohasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ikki universitetning ilmiy salohiyatini yanada oshiradi.

Uchrashuv so‘ngida, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rahbariyati Istanbul Medipol universiteti klinikasi rahbarlariga milliyligimizni ifodalovchi esdalik sovg‘alarini topshirdi. Bu sovg‘alar, ikkala tomon o‘rtasidagi hurmat va hamkorlikning ramzi sifatida taqdim etildi.