Istanbul Medipol universiteti klinikasi: sharoitlar va imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi Jamshid Pardayev boshchiligidagi delegatsiya Turkiyadagi Istanbul Medipol universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari universitetning ta'lim va tibbiyot infratuzilmasi bilan tanishishdi.
Xususan, universitet klinikasidagi mavjud sharoitlar, zamonaviy tibbiy uskunalarni ko‘zdan kechirishdi. Istanbul Medipol universiteti klinikasi nafaqat yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni taqdim etadi, balki ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida ham o'zining ilg'or imkoniyatlari bilan ajralib turadi. TISU delegatsiyasining ushbu tashrifi ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga va tajriba almashishga katta hissa qo'shadi.