“Qizlarjon” klubi tomonidan xayriya tadbiri oʻtkazildi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti qoshida faoliyat yuritayotgan “Qizlarjon” klubi a'zolari tomonidan "Yulduz" mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Xayriya tadbiri yordamga muhtoj, kam ta'minlangan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda mehr-shafqat va insoniylik tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
— Har bir xonadon egalari talabalarga minnatdorchilik bildirishganda ularning yuzida tabassum, qalbida mamnuniyat uyg‘ondi. Zero, bunday tadbirlar orqali talabalarda ijtimoiy mas'uliyat tuygʻusi shakllanadi, insonparvarlik ruhida tarbiyalanadi, — deydi klub rahbari, universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Norbosheva.