Bolalar stomatologiyasi bo‘yicha Turkiya tajribasi

Bolalar stomatologiyasi bo‘yicha Turkiya tajribasi

  • 19.04.2025
  • 26
Blog Image

Medipol klinikasining malakali bolalar stomatologi Dr. Asli Asl Patir Munavvero‘g‘lu TISU talabalariga bolalar stomatologiyasi sohasi, uning dolzarb masalalari va zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Dr. Asli Asl Patir Munavvero‘g‘lu bolalar stomatologiyasi — bu faqatgina tish davolash emas, balki bolalarning umumiy sog‘lig‘i, psixologik holati va odatlarini inobatga olgan holda olib borilishini ta’kidladi. Kichik yoshdagi bemorlar bilan ishlashda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan asosiy jihatlar, jumladan, profilaktika, og‘riqsiz davolash usullari va ota-onalar bilan muloqotning o‘rni haqida to‘xtaldi.