Fizioterapiya bo‘limida amaliyot

Fizioterapiya bo‘limida amaliyot

  • 19.04.2025
  • 31
Blog Image

TISU talabalarining bu galgi o‘quv amaliyoti Medipol klinikasining fizioterapiya bo‘limida bo‘ldi. Unda tajribali fizioterapiya hamshirasi talabalarni bo‘limdagi kundalik faoliyat va amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishtirdi.

Jarayonda fizioterapiya bo‘limining asosiy yo‘nalishlari, zamonaviy uskunalar va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi. Jumladan, nerv va mushak tizimi muammolarini davolash uchun turli to‘lqinli toklar yordamida olib boriladigan elektroterapiya, ultratovush terapiyasi, reabilitatsiya jarayonida harakatlarni tiklash va kuchaytirishga yo‘naltirilgan maxsus jismoniy mashqlar majmuasi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, hamshira bemorlar bilan muloqotda bo‘lish madaniyati, xavfsizlik choralariga rioya qilish, har bir muolaja oldidan tayyorgarlik bosqichlari va kuzatuv jarayoni haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tdi.