Professor-o‘qituvchilar Oltinsoy maktablarida master-klass o‘tkazdi

Professor-o‘qituvchilar Oltinsoy maktablarida master-klass o‘tkazdi

  • 19.04.2025
  • 29
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Oltinsoy tumanidagi 17-, 21-, 28- hamda 44-umumta’lim maktablarida ijtimoiy fanlar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish maqsadida master-klasslar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar davomida maktab o‘qituvchilariga ijtimoiy fanlarni samarali o‘qitish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi, amaliy foydalanish uchun fanga oid qo‘llanmalar taqdim etildi. Shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish, o‘zaro tajriba almashish va belgilangan tartibda onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Tashrif doirasida maktablarning 11-sinf bitiruvchilari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib, universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, kirish tartibi va o‘qish shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashabbus o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh avlodni kasb tanlashda yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.