Medipol laboratoriyasida…

Medipol laboratoriyasida…

  • 19.04.2025
  • 29
Blog Image

Tibbiyot fakultetining bir guruh talabalari Istanbuldagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Medipol universitetining ilg‘or ilmiy-laboratoriyasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif ta’lim jarayonining amaliy qismini boyitish, talabalarning ilm-fan sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar biotibbiyot, farmatsevtika va muhandislik yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirildi. Laboratoriya xodimlari tomonidan ular uchun maxsus ekskursiya uyushtirilib, har bir bo‘limning faoliyati, zamonaviy uskunalarning ishlash prinsiplari hamda olib borilayotgan tajribalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ayniqsa, talabalar genetik tahlil, biomateriallar sinovi, hujayra madaniyatlari bilan ishlash kabi murakkab jarayonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, ular haqida bevosita mutaxassislarning sharhlarini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi.