Medipol klinikasi robotik reabilitatsiya bo‘limi bilan tanishuv

Medipol klinikasi robotik reabilitatsiya bo‘limi bilan tanishuv

  • 18.04.2025
  • 45
Blog Image

Tibbiyot sohasida texnologik yutuqlar kundan-kunga rivojlanib, bemorlarni davolash jarayonlari yanada samarali va qulay shaklga kelmoqda. Ana shunday zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, ayni paytda Istambulda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan talabalarimiz Medipol klinikasining robotik reabilitatsiya bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar robotik reabilitatsiya yo‘nalishida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, asbob-uskunalar va davolash usullari bilan bevosita tanishdilar. Bo‘limdagi mutaxassislar tomonidan jarayonlarning qanday olib borilishi, robotlar qanday ishlashi va bemorlarning salomatligini tiklashda bu texnologiyalarning qanday ahamiyat kasb etishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Talabalar robotlashtirilgan exoskeletlar, motor funksiyalarni tiklashga mo‘ljallangan interaktiv trenajyorlar, sensorli monitoring tizimlari kabi zamonaviy uskunalarni amalda ko‘rib, ularning ishlash prinsiplarini o‘rganishdi. Bu esa nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatini berdi.