Medipol universiteti kutubxonasida…

Turkiya safari davomida Tibbiyot fakulteti talabalarining o‘quv amaliyoti Medipol universitetida yanada sermazmun va ilmiy ruhda davom etmoqda. Yaqinda universitetning 300 o‘rinlik zamonaviy kutubxonasi talabalarning faol ilmiy va intellektual markaziga aylandi.
Kutubxona o‘zining keng sig‘imi, zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan infratuzilmasi va qulay o‘quv muhitini taklif etishi bilan ajralib turadi. Talabalar kutubxonadan foydalanish orqali o‘zlarining o‘quv faoliyatlarini yanada samarali tashkil etmoqda. Bu yerda mavjud bo‘lgan elektron resurslar, darsliklar, fanlararo materiallar ularning o‘z yo‘nalishida chuqur bilim olishlariga xizmat qilmoqda.
Medipol universiteti esa, o‘z navbatida, ilmga chanqoq yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.