"Mushoira" klubi a'zosi taqdirlandi

Universitetning filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Tursunoy Abdullaeva “Ilmiy akademiya” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan “Yosh tadqiqotchi” nishoni bilan taqdirlandi.
Tursunoy universitetda tashkil etilgan “Mushoira” klubining faol a'zosi sanaladi. Uning 7 ta she'riy toʻplami nashrdan chiqqan. Bu ragʻbat yosh shoiraning ijodi va tashabbuskorligiga berilgan munosib baho boʻldi.
Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi a'zosi, shoir Karamatulloh Karimov ishtirok etib, Tursunoyning ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi va unga tashakkurnoma va nishonni tantanali ravishda topshirdi.