Talabalar Medipol klinikasida amaliyotda

Talabalar Medipol klinikasida amaliyotda

  • 17.04.2025
  • 116
Blog Image

Avval xabar berganimizdek, Tibbiyot fakulteti talabalari Turkiyaning Istanbul shahridagi Medipol klinikasida malaka oshirmoqdalar.

Jarayonda talabalar klinikadagi amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Ular Hamshiralik xizmatlari bo‘limining malakali mutaxassisi Yusuf Vural bilan birgalikda allergiya bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish xonasida bo‘lib, u yerda maxsus diagnostik uskunalar yordamida tajriba o‘tkazishdi.

Mashg‘ulot davomida Yusuf Vural zamonaviy allergiya tekshiruvi apparatlari qanday ishlashini talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, kasbiy ko‘nikmalarini yanada boyitish imkoniga ega bo‘lishdi.