Tojikistonlik professor talabalarga dars o‘tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti hamda Tojikiston tibbiy ijtimoiy instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tuzilgan memorandumda belgilangan kelishuvlar doirasida Tojikiston tibbiy ijtimoiy instituti Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri Firuz Shukurov Tibbiyot fakulteti talabalariga “Normal fiziologiya” fanidan qiziqarli tarzda ma’ruza mashg’ulotini olib bordi.
Talabalarga nafas olish fiziologiyasi bo‘yicha barcha ma‘lumotlar berilib, dars so‘ngida talabalar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil qilindi.
Professor F.Shukurov MDH davlatlari fiziologlar Assotsiatsiya vitse-prezidenti, I.P.Pavlov Oltin medali sovrindori, Xalqaro oliy maktab Akademiyasi akademigi, Rossiya ekologiya Akademiyasi akademigi sanaladi.