Talabalar tibbiy xizmatlarning global tendensiyalari haqida ma’ruza tingladi

Talabalar tibbiy xizmatlarning global tendensiyalari haqida ma’ruza tingladi

  • 16.04.2025
  • 114
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari Turkiyaning nufuzli Medipol universitetida  chet ellik bemorlar bilan ishlash bo‘limi koordinatori, professor Rubaba Gadimovaning ma’ruzasini tingladi. 

Dars davomida professor xalqaro tibbiy amaliyot, bemorlar bilan ishlashda madaniyatlararo kommunikatsiya, shuningdek, tibbiy xizmatlarning global tendensiyalari haqida atroflicha ma’lumot berdi. U Medipol universitetida chet ellik bemorlar bilan olib borilayotgan ilg‘or ish tajribalari va ularning samaradorligi haqida talabalarga jonli misollar orqali tushuntirdi.

Tadbir talabalar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba nuqtayi nazaridan ham foydali bo‘ldi.