Tojikiston Tibbiy ijtimoiy instituti bilan memorandum imzolandi

Tojikiston Tibbiy ijtimoiy instituti Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri Firuz Shukurov Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi.
Ushbu hujjat doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.