"Yoshlar va talabalar" festivali doirasida g‘olib bo‘lganlar taqdirlandi

"Yoshlar va talabalar" festivali doirasida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan "Megacity" jamoasi a’zolari, shu bilan birga “Chanqovuz” tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan Ulug‘bek Xurramov sertifikat hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.