TISU oʻqituvchilari "Zakovat"da g'olib boʻldi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o’qituvchilari Mirzohid Ernazarov, Asror Shoimqulov va Sherali Tursunovlar “No comment” jamoasi tarkibida ishtirok etib, “Zakovat” klubida professional liga qishki mavsum g‘oliblari deb topildi.
Surxondaryo viloyati “Zakovat” klubida professional liga qishki mavsum g‘oliblari taqdirlandi. Jami 10 ta tur natijasiga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: No Comment jamoasi;
2-o‘rin: Everest jamoasi;
3-o‘rin: Enigma jamoasi.
Ushbu jamoalarga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan diplom va pul mukofotlari topshirildi.