Oltinsoydagi maktablarga metodik yordam berilmoqda

Oltinsoydagi maktablarga metodik yordam berilmoqda

  • 09.04.2025
  • 140
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari Oltinsoy tumanidagi 48-, 16-, 17-, 18- hamda 44-umum ta’lim maktablarida bo‘lishib, maktab o‘qituvchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida master-klass o‘tib berishdi.

 

Maktabda ona tili va adabiyot fanini o'qitishda uslubiy tavsiyalar berildi, fanga oid qoʻllanmalar tarqatildi. Shu bilan birgalikda, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishda hamkorlikni izchil yo'lga qo'yish, belgilangan tartibda onlayn mashgʻulotlar oʻtkazishga kelishib olindi.

 

Bundan tashqari, maktablarning 11-sinf bitiruvchilari bilan ham davra suhbatlari oʻtkazilib, universitetdagi mavjud yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi.