Turkiyalik professorlar talabalarga dars o‘tmoqda

Turkiyalik professorlar talabalarga dars o‘tmoqda

  • 07.04.2025
  • 231
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida muhim tashabbusga qo‘l urildi. Universitetning filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun turk tili tarixi fanidan maxsus dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bu mashg‘ulotlarni Turkiyadan tashrif buyurgan taniqli olima, professor doktor Zühal Ölmez hamda Ma’mura Mamatqulova Özkan olib bormoqda.

 

Mazkur darslar turk tili va adabiyoti, eski turk tili hamda turk tili tarixi kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olib, talabalar bilimini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlarda nafaqat nazariy bilimlar, balki tarixiy matnlar tahlili, fonetik va morfologik o‘zgarishlar, turkiy tillarning taraqqiyot bosqichlari kabi amaliy jihatlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

 

Professor Zühal Ölmez – turkiy tillar tarixi sohasida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan mutaxassis bo‘lib, u o‘zining boy ilmiy tajribasini ushbu darslar orqali o‘zbekistonlik talabalarga ulashmoqda. Ma’mura Mamatqulova Özkan esa til va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga oid loyihalarda faol ishtirok etib, talabalar bilan bevosita interaktiv uslubda ishlamoqda.