Sport – go‘zallik garovi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sport – go‘zallik garovi” shiori ostida ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil etildi. Ertalabdan universitet pedagog xodimlari va talaba-qizlar ishtirokida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi harakatlar talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Universitetimiz barcha talaba va professor-o‘qituvchilarni ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga, sog‘lom hayot tarzi tarafdori bo‘lishga chorlaydi.