Yozuvchi Narzulla So‘fiyev bilan davra suhbati

Universitetda adabiyot va ijodga qiziquvchi "Mushoira" klubi a'zolari uchun tashkil etilgan davra suhbatida Narzulla So‘fiyev adabiyotning jamiyatdagi o‘rni, zamonaviy ijodning muhim jihatlari hamda yosh ijodkorlarning e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan muammolar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yosh iste’dod egalari o‘z asarlarini o‘qib, ustoz yozuvchidan qimmatli tavsiyalar olishdi.
Bunday adabiy uchrashuvlar talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish, ularning adabiy qiziqishlarini rivojlantirish va iste’dodlarini yuzaga chiqarishga yordam berib, yosh ijodkorlarning tajriba almashishishiga imkon yaratadi.