TISUda milliy xalq o‘yinlari musobaqasi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida sog‘lom muhitni yaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va do‘stlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida, professor- o‘qituvchilar o‘rtasida milliy xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqada universitetning barcha kafedralaridan erkak va ayol professor- o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Musobaqa quyidagi shartlar asosida bo‘lib o‘tdi:
Arqon tortish
Tosh ko‘tarish
Armrestling
Xo‘rozlar jangi
2000 metrga yengil yugurish:(ayollar uchun 1000 metrga yengil yugurish).
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tashkil etilgan milliy xalq o‘yinlari musobaqasi, nafaqat jismoniy salomatlikni oshirishga yordam berib, balki universitet hamjamiyatida ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Bunday tadbirlar universitetdagi sog‘lom muhitni yanada yaxshilash va o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirishga imkon yaratadi.