Dr. Santhosh Kumari TISUda dars o'tmoqda

Dr. Santhosh Kumari TISUda dars o'tmoqda

  • 14.03.2025
  • 34
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xalqaro ESL (English as a Second Language) treneri, professor Dr. K.G.B. Santhosh Kumari tomonidan talabalarga og‘zaki nutq amaliyoti fanidan darslar o‘tilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo'yicha) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga ingliz tilida erkin va ravon so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

 

Dr. Santhosh Kumari xalqaro ta’lim tajribasiga ega bo‘lib, u ilg‘or pedagogik yondashuvlarni, jumladan, kommunikativ metod, interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy til mashqlari kabi zamonaviy usullarni qo‘llab, talabalar bilan faol ishlamoqda. Ushbu darslar davomida talabalar nafaqat nazariy bilimga ega bo‘lishmoqda, balki ingliz tilida muloqot qilishni ham o‘rganishmoqda.

 

O‘quv jarayonlariga bunday xalqaro tajribaga ega mutaxassislarning jalb qilinishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi va talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.