Ochiq dars

Ochiq dars

  • 12.03.2025
  • 113
Blog Image

Dars jarayoni Beruniyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berish bilan boshlandi. Shuningdek, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari chuqur tahlil qilinib, undagi rivoyat va afsonalarning adabiy hamda tarixiy ahamiyati yoritib berildi.

 

Ochiq dars talabalar o‘rtasida jonli bahs-munozara shaklida o‘tkazilib, ular rivoyat va afsonalarning zamonaviy adabiyot va madaniyatdagi aksini muhokama qilishdi. Bundan tashqari, talabalar mavzuni chuqurroq anglashi uchun krossvord va klaster ta’lim metodlaridan foydalanildi. Mashg‘ulot yakunida talabalar tomonidan savol-javoblar o‘tkazilib, mavzu bo‘yicha xulosalar chiqarildi.