Bog‘ishamol mahallasida tungi reyd o‘tkazildi

Tadbir "Qalqon" jamoatchilik guruhi hamda mahalla profilaktika inspektorlari ishtirokida o‘tkazilib, hududda tartib-intizomni nazorat qilishga qaratildi.
Reyd davomida fuqarolarning osoyishtaligi va xavfsizligini buzishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganildi, shuningdek, ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarga profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida talabalarga tungi vaqtda bezorilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga doir muhim tavsiyalar berildi. Mazkur reyd mahalladagi osoyishtalikni saqlashga va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.