Ochiq dars

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Larisa Xayrullayeva filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) 1-22-guruhi talabalariga qiyosiy adabiyotshunoslik fanidan “Volter, Russo va jadid ma’rifatchilari asarlari qiyosi” mavzusida ochiq dars o'tdi.
Ochiq darsda Sharq va G‘arb ma’rifatparvar adabiyoti namoyondalari hamda ularning ijodi tahlil qilindi. Xususan, fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo asarlari bilan jadid ma’rifatchilarining g‘oyalari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar muhokama qilindi.
O‘quv jarayonida talabalarga ma’rifiy g‘oyalar, taraqqiyotga intilish, hurfikrlilik, inson erkinligi kabi mavzular qiyosiy tahlil qilinib, hamkorlikda o’qitish va kichik guruhlarda ishlash metodlari orqali mustahkamlandi.