Ilmiy tadqiqotchilar dissertatsiya mavzusi muhokamada

Muhokamada O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Esanov, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani S.Bazarov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Sh.Bobomurodova va professor-o‘qituvchilar, ishtirok etdi. Shuningdek, tadqiqotchining ilmiy rahbari filologiya fanlari doktori N.Yo‘ldoshev, ichki taqrizchi (Phd) Sh.Norqulova hamda tashqi taqrizchi (Phd) O‘.Abdunazarovlar qatnashishdi.
Muhokamada tadqiqotchining yutug‘i va kamchiliklari borasida mulohazalar bildirildi. Xususan, tadqiqotchining ishida ko‘pgina ijobiy jihatlar ko‘zga tashlanishi, ilmiy muammo to‘g‘ri shakllantirilgani, fasllar hamda boblararo to‘g‘ri taqsimlangani ta’kidlandi. Eng muhimi, dissertantning masala mohiyatini anglaganligi hamda ishga oid materiallardan unumli foydalana olganligi qayd etildi.
Muhokama so‘ngida yutuqlar va kamchiliklar, ayrim tuzatishi lozim bo‘lgan sahifalar haqida tavsiyalar berildi.