TISUda bayram shukuhi

TISUda bayram shukuhi

  • 06.03.2025
  • 265
Blog Image

8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti pedagogika va psixologiya yo‘nalishi o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

 

Tadbirda fakultetning iqtidorli, bilimdon va zukko talaba-qizlari ishtirok etishdi. Ishtirokchi qizlar nafaqat o‘zlarining intellektual salohiyatini, balki iste’dod va mahoratlarini ham namoyish etishdi.

 

Musobaqa doirasida qizlar tanishtiruv, pazandachilik va badiy chiqishlar shartlari asosida bellashdilar. Ushbu tanlov nafaqat talaba-qizlarning iste’dod va bilimlarini namoyish etishlariga imkoniyat yaratdi, balki ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ham xizmat qildi.

 

Ko‘rik-tanlovda g‘olib bo‘lgan qizlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.