Ochiq dars

Ochiq dars davomida hujayra hayotiy siklining asosiy bosqichlari, mitoz va meyoz jarayonlari hamda ularning organizm rivojlanishidagi o‘rni haqida batafsil tushuntirish berildi. Talabalarga vizual materiallar va interfaol usullar yordamida hujayra bo‘linishining bosqichlari, ularning genetik axborotni uzatishdagi ahamiyati tushuntirildi.
Dars davomida talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlari uchun iterfaol ta’lim metodlaridan va didaktik o‘yinlardan foydalanildi.
Ochiq dars talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy qo‘llash imkonini berdi.