Men onam bilan faxrlanaman!

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʼnalishi 1.23-guruh murabbiysi Matluba Davlatova tashabbusi bilan “Men onam bilan faxrlanaman!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda talabalar bilan birga ularning onalari ham ishtirok etishdi. Talaba-yoshlar ona haqida yozilgan sheʼrlar oʼqishdi va qoʼshiqlar kuylashdi. Shuningdek, “Ona sogʼindim” nomli sahna koʼrinishini mahorat bilan namoyish qilishdi.
Tadbirda o‘tkazilgan qiziqarli viktorinada faol qatnashgan onalar munosib taqdirlandi.