TISUda “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi

TISUda “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi

  • 05.03.2025
  • 334
Blog Image

8-mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalaridan iborat qizlar jamoalari 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

 

Ishtirokchilar tanishtiruv, qiziqarli viktorina, dunyo xalqlari raqslari va erkin mavzu yo‘nalishlarida o‘z iste'dodini namoyon qilishdi.

 

Ayniqsa turli xalqlarning milliy raqslarini mahorat bilan ijro etishdi, erkin mavzu shartida barcha jamoalar bugungi kundagi dolzarb mavzularni ochib berishga harakat qilishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib deb topilgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.