Rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Bugungi kunda aholi va yoshlar o‘rtasida ekologik xabardorlikni oshirish maqsadida ko‘plab targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Universitet talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Ko‘ngil ekologiyasi” nomli rasmlar tanlovi yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi.
Eng kreativ va g‘oyaviy jihatdan keng qamrovli mavzuni yoritgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.