G‘oliblar aniqlandi

Talabalar o‘rtasida milliy an’analarni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida universitet miqyosida videoroliklar ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda barcha fakultet talabalari faol ishtirok etishdi. Yuborilgan ko‘plab videoroliklar orasidan eng saralari tanlab olindi va g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.