“Zulfiyaxonim qizlari”

“Zulfiyaxonim qizlari”

  • 03.03.2025
  • 243
Blog Image

Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan vafo va sadoqat timsoli bo‘lgan Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

 

Tadbir davomida talabalar tomonidan shoira ijodi asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, Zulfiyaxonim hayoti va ijodidan sahna ko‘rinishlar namoyish etildi. Shoiraning bahor va muhabbat ruhini tarannum etuvchi she’rlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

Mazkur tadbir davomida yoshlar va talabalarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek adabiyotini chuqurroq o‘rganish va Zulfiyaxonim timsolini targ‘ib qilishga e’tibor qaratildi.