TISUda kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kengash yig‘ilishida Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida amaliyotlarning tashkil etilganligi, universitet kafedralaridagi o‘quv jarayoni, me’yoriy hujjatlarining yuritilish holati tahlil qilindi.
Shuningdek, yigʻilishda ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olgan 6 nafar professor-oʻqituvchilarning diplom va attestatlari tantanali ravishda topshirildi.