Zulfiya — bahor kuychisi

Zulfiya siymosi – o‘zbek she’riyatida bahor, muhabbat va sadoqat kuychisi, deb bejiz aytilmaydi.
Zero, shoiraning hayoti har bir o‘zbek ayoliga ibrat bo‘ladigan namunadir. Uning butun ijodi – inson mehnati, sevgi va yerdagi adolat madhiyasidir.
Universitetda Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabalari tomonidan o‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ma’naviy-badiiy kecha o‘tkazildi.
“Zulfiya — bahor kuychisi” nomli kechada talabalar shoiraning hayot yo‘li va she’rlaridan namunalar o‘qishdi. Ular tomonidan ijro etilgan milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari kechaga o‘zgacha fayz kiritdi.